Навигация
Telegram kanalimiz

Опросы
Savol-Javoblar

Оцените работу движка

Реклама
Reklama

У нас нашли
Natijalar

1 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:1

Yong‘in tufayli «Terminator» premerasi qoldirildi, Arnold Shvarsenegger esa uyini tark etdi

  • 30-10-2019, 11:29
  • |
  • Просмотров:63

Los-Anjelesda «Terminator. Qora qismat» filmi premerasi Kaliforniyada hammayoqning kulini ko‘kka sovurayotgan tabiiy ofat tufayli qoldirildi. Bu haqda «Paramount» kinostudiyasi xabariga tayanib «CNN» ma’lum qildi.
Film 28-oktyabr kuni namoyish etilishi hamda yulduzli aktyorlar tarkibi, jumladan, Arnold Shvarsenegger, Linda Xemilton va Makkenzi Devisning qizil yo‘lakchaga chiqishi rejalashtirilgan edi.
— Biz marosimga ajratilgan taomni yong‘indan aziyat chekkan kishilarga yordam ko‘rsatayotgan Amerika Qizil Xoch tashkilotiga yuboramiz, — deyiladi kinokompaniya xabarnomasida.
Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger «Tvitter»da xabar berishicha, yong‘in tufayli o‘z uyini tashlab chiqib ketgan. Shuningdek, u barchani xavfli hududni tark etishga chaqirgan.
28-oktyabr kuni kechasi shtatda yong‘in kelib chiqqan. U «Getti» laqabini oldi. Negaki yong‘in «Getti» muzey kompleksi yonida «quturyapti». Majburiy evakuatsiya hududida taxminan 3,3 mingta uy joylashgan. Alanga 160 gektar maydonni qurshab olgan.
0Комментариев

Добавить комментарий

Имя:*
E-Mail:*
Комментарий:
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив