Навигация
Telegram kanalimiz

Опросы
Savol-Javoblar

Оцените работу движка

Реклама
Reklama

У нас нашли
Natijalar

2 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:2

Bag‘dodiyning o‘ldirilgani rostmi? OAVda shubhalar paydo bo‘lmoqda

  • 30-10-2019, 12:08
  • |
  • Просмотров:189

IShID yetakchisi Abu Bakr Al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida xabarlar tarqalgan, bu xabarni AQSh prezidenti Donald Tramp ham tasdiqlagan edi.
«The Guardian» nashrining xabar qilishicha, Suriya demokratik kuchlari bu operatsiyada katta vazifani bajargan. Ularning aytishicha, AQShning Suriyadan chiqib ketishi ham bir o‘yin bo‘lgan. Ular Bag‘dodiyni ancha oldindan beri kuzatgan. Turkiyaning hujumlari operatsiyani orqaga surgan.
«Bag‘dodiyning o‘ldirilishi ko‘proq IShID rahbarining xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisining xiyonati bilan bog‘liq. Shaxsiy adovatlar IShID liderining tanazzuliga sabab bo‘lgan», deyiladi xabarda.
Pentagonda bo‘lib o‘tgan brifingda Bag‘dodiyning jasadi qoldiqlari sud-tibbiy ekspertizasi uchun xavfsiz joyga keltirilgani aytilmoqda.
Pentagonning yana bir rasmiysi Bag‘dodiyning jasadi 2011-yilda Al-Qoida rahbari Usama bin Laden Pokistonda AQSh maxsus kuchlarining reydida o‘ldirilganidan keyin dafn etilgani kabi noma’lum joyda, dengizga ko‘milganligini tasdiqladi.
Tahlilchilarning fikriga qaraganda, ikkala lider ham tiriklay qo‘lga olingan va maxsus joyda saqlanadi va sud-ekspertizasi bilan chalg‘itilmoqda.
0Комментариев

Добавить комментарий

Имя:*
E-Mail:*
Комментарий:
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив