Навигация
Telegram kanalimiz

Опросы
Savol-Javoblar

Оцените работу движка

Реклама
Reklama

У нас нашли
Natijalar

1 Mehmon hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:1

Turkiyani tomosha qilish qimmatga tushishi mumkin

  • 30-10-2019, 12:16
  • |
  • Просмотров:191


Turkiya kurortlarida yangi soliq joriy etilyapti, «Vesti» Rossiya sayyohlik operatorlari uyushmasi (ATOR)ga asoslanib xabar berishicha, 2020-yilning 1-aprelidan u barcha turizm ob’yektlarini qamrab oladi.
ATOR prognozlariga ko‘ra, yangi soliqsiz ham Turkiyada 2020-yil mavsumida mehmonxonalarda yashash uchun to‘lovlar 5—15 foizga oshirilishi kutilayotgan edi.
Yangi soliq 2020 yil 1 aprelidan kuchga kiradi. 2020-yil oxiriga qadar mehmonga ko‘rsatilgan xizmatdan tushgan foydaning 1 foizi mana shu soliqqa qaytarib qolinadi. 2021-yildan esa «mehmon solig‘i» 2 foizga oshiriladi. Turkiya prezidenti bu soliqni uch baravarga kamaytirish yoki oshirish huquqiga ega, deyiladi xabarda.
Turkiya turistik kompaniyalari va mehmonxonalari uchun, ochig‘i, bu soliqning joriy etilishi yozda yoqqan qordek kutilmagan xabar bo‘ldi.
Aytish kerakki, soliq aynan sayyoh uchun ko‘zda tutilmagan, uni mehmonxonalar, motellar, apartamentlar, mehmon qabul qiluvchi uylar va kempinglar to‘laydi. Shunisi ham qiziqki, mehmonxonalar yangi soliqni mehmon tunagani va boshqa xizmatlar (ovqatlanish, basseyn va SPA-xizmatlar, konferensiyalar va h.o.) ko‘rsatilgani uchun alohida to‘laydi.
Kamiga, Turkiya mehmonxonalar federatsiyasi (TUROFED) ma’lum qilishicha, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilar shu yilning oktyabr oyida ish boshlagan Turizmni rivojlantirish agentligi budjetiga pul o‘tkazishni ham boshlashi kerak.
Shuningdek, mehmonxonalar egalari oziq-ovqat va energiya resurslarining muntazam narxi oshib borayotganidan ham xavotirlanishmoqda.
Eng asosiy muammolardan yana biri shundaki, 2020-yil uchun narxlar allaqachon e’lon qilinib, ko‘plab turoperatorlar bo‘lg‘usi yil yozi uchun mehmonxonalarni band etishga ulgurishgan. Ana shu «bron qilingan mehmonxonalar» oldindan tuzilgan shartnomalarga yangi soliqlarni qanday tatbiq etishni bilmay halak. Aftidan hozirgi vaziyatda «bozori chaqqon bo‘lmagan» mehmonxonalar yutadigan ko‘rinadi.
Yangi soliq bevosita sayyohning o‘ziga joriy etilmagani bilan, baribir, 2021-yildan mehmonxonalar 2 foizlik soliqqa o‘tishi va yana ko‘plab to‘lovlarga majburligi ortidan, tariflar ham kamida 2 foizga oshishi kutilmoqda.
0Комментариев

Добавить комментарий

Имя:*
E-Mail:*
Комментарий:
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив